Biokaminni televizor ostiga qanday o‘rnatish mumkin?
Eng oddiy variant — biokamindan portal ichiga o‘rnatilgan holda foydalanish, uni TV tumba sifatida ishlatishdir. Marmar yoki MDF’dan tayyorlangan klassik kamin ko‘rinishidagi imitasiya televizor og‘irligini bemalol ko‘tara oladi. Muhimi — televizorni tumnaning eng chetiga qo‘ymaslik, aks holda issiq havo oqimlari qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.
Agar siz kamin tokchasidan boshqa maqsadda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, televizorni portaldan yuqoriga devorga osib qo‘yish mumkin. Bu holda mutaxassislar tavsiyalarini ham hisobga olish lozim: qulay tomosha uchun ekran tomoshabin ko‘z darajasida bo‘lishi kerak, o‘rindiqlar esa ekrandan kamida 2 metr masofada joylashgan bo‘lishi maqsadga muvofiq.